Parollaringiz — faqat sizda.

Qalqon — Chrome uçun lokal parol menejeri. Barça parollar bitta master parol bilan şifrlanadi va saytlarda bir bosişda töldiriladi. Xohlasangiz, kompyuterlaringiz orasida faqat şifrlangan holda sinxronlanadi.

Imkoniyatlar

🔐

Kuçli şifrlaş

PBKDF2 (600 000 iteratsiya) va AES-256-GCM. Master parol hech qayerda saqlanmaydi.

✍️

Avtomatik töldiriş

Login maydonini bosing — şu sayt uçun saqlangan loginni tanlang, qolganini Qalqon qiladi.

💾

«Saqlaysizmi?»

Yangi saytga kirganingizda parolni saqlaşni taklif qiladi, özgarganda — yangilaşni.

🎲

Parol generatori

Har bir sayt uçun uzun, tasodifiy va takrorlanmas parollar.

⏱

Avtomatik qulflaş

Faoliyatsizlikdan keyin va ekran qulflanganda özi qulflanadi. Nusxalangan parol clipboard'dan öçiriladi.

🔄

Sinxronlaş

Barça kompyuterlaringiz orasida GitHub'dagi yaşirin gist orqali — faqat şifrlangan holda.

📦

Import va zaxira

Chrome, LastPass, Bitwarden CSV'dan köçiriş. Şifrlangan zaxira nusxa.

Örnatiş

  1. Loyihani yuklab oling va arxivdan çiqaring.
  2. Chrome'da chrome://extensions sahifasini oçing.
  3. Ong yuqoridagi Developer mode ni yoqing.
  4. Load unpacked ni bosib, loyihadagi extension papkasini tanlang.
  5. Qalqon ikonkasini bosing va master parol yarating. Tamom!

⚠️ Master parolni unutsangiz, uni tiklab bölmaydi. Vaqti-vaqti bilan şifrlangan zaxira nusxa olib turing.

Xavfsizlik

Nimadan himoya qiladi

  • Kompyuterdan nusxa olingan fayllar — diskda faqat şifrlangan ma'lumot.
  • Phishing saytlar — parol faqat aynan öşa domen, sxema va portda taklif qilinadi.
  • Sahifa skriptlari — töldiriş faqat sizning haqiqiy bosişingiz bilan.
  • Iframe va clickjacking — Qalqon faqat asosiy sahifada işlaydi.

Nimadan himoya qila olmaydi

  • Kompyuterdagi zararli dastur (keylogger va h.k.).
  • Buzilgan (XSS) sayt — parol maydonga yozilgaç, sahifa uni öqiy oladi.
  • Zaif yoki unutilgan master parol.
  • Vault oçiq turganda kompyuterga jismoniy kirgan odam.

Qalqon — şaxsiy foydalaniş uçun MVP. U mustaqil xavfsizlik auditidan ötmagan. Qalqon'ning serveri, akkaunti va tahlili (analytics) yöq; sinxronlaş ixtiyoriy va faqat sizning GitHub hisobingiz orqali.